» » Jizzaxda manzilli dasturlarni amalga oshirilishi xolati qanday

Jizzaxda manzilli dasturlarni amalga oshirilishi xolati qanday

12 сентябрь 2024 г 68 Комментарии: 0

Joriy yilda Jizzax viloyatida Respublika hamda mahalliy manzilli dasturlarga asosan 433 ta obyektlarda qiymati 1 trln. 272 mlrd. soʻmlik qurilish montaj ishlari olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, pudratchi korxona va tashkilotlari tomonidan 733 mlrd. soʻmlik qurilish-montaj hamda xarid ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, mazkur dasturlarga asosan viloyatda yil boshidan buyon quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash borasida yil boshidan buyon 62,1 km ichimlik suv, 11,3 km oqava suv hamda 28 ta inshootlarda qurilish montaj ishlari olib borildi.

Elektr energiyasini yaxshilash borasida 87,4 km elektr tarmoqlari yangidan tortilib, 25,3 km mavjud tarmoqlar rekonstruksiya qilingan boʻlsa, 42 transformatorlar yangidan oʻrnatildi.

Gaz taʼminotini yaxshilash borasida aholini bir xil meʼyordagi tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida 16 km gaz tarmoqlari yangidan tortilib, mavjud 65 ta gaz taqsimlan punktlari joriy taʼmirlandi.

Bundan tashqari viloyatda joriy yil 43 ta maktabgacha va maktab taʼlimi obyektlari, 22 ta tibbiyot obyektlari, 2 ta oliy taʼlim va 1 ta sport obyektlarida qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!