Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Doʻstlik tumanida suv boshqaruvini aqlli tizimga oʻtkazish boʻyicha 21 million dollarlik loyiha yakunlandi
12 ноябрь 2024 г 37 Комментарии: 0
Suv taqsimlanadigan 2 mingta nuqtaga hisoblagich va videokamera oʻrnatilgan.
Bunda avtomatlashgan boshqaruv natijasida 20 foiz, sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash hisobiga yana 10 foiz suv tejaladi. Suv boshqaruvi xususiy sektorga berilib, fermerlar bilan kooperatsiya tuziladi. Ilk bor suvga oldindan toʻlov boʻladi.
Davlatimiz rahbari ishtirokida 7-noyabr kuni qishloq xoʻjaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda ushbu tajriba namuna sifatida koʻrsatildi hamda viloyat hokimlariga mazkur tizimni oʻrganib, suv taʼminoti ogʻir tumanlarda joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!