Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyatining faol va tashabbuskor xotin-qizlari eʼtirof etildi
12 ноябрь 2024 г 30 Комментарии: 0
Jizzax viloyat hokimligida “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari, ““Innowomanweek” ixtirochi ayollar haftaligi, “100 nafar olima ayollar” hamda “XXI asr ayoli” tanlovlarining viloyat bosqichi gʻoliblari taqdirlandi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etib, viloyatining faol va tashabbuskor xotin-qizlarini eʼtirof etdi.
Shu bilan birga oktyabr oyida nishonlangan Xalqaro qizlar kuni va Qishloq ayollari kuni munosabati bilan eng faol, jamoatchi qizlar va hududlarda halol mehnati ila tanilgan xotin-qizlar viloyat hokimligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlanishdi.
Soʻnggi yillarda, “Gender tenglik faoli”, “Yil ayoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish ahamiyati yanada ortib bormoqda. Shu kunga qadar, viloyatimizda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi respublika bosqichining 5 tasida gʻoliblar aniqlangan.
Bu yil mazkur tanlovning shahar va tuman bosqichida jami 83 nafar nomzodlar hujjat topshirgan boʻlsa, shulardan 9 nafari tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etilmoqda.
Bugungi kunda xotin-qizlarni Oliy taʼlimga qamrab olishda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Hurmatli Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 87-sonli Farmoniga asosan, ehtiyojmand oilalarning qiz farzandlari uchun qoʻshimcha grand asosida Oliy taʼlim muassasalariga kirishlarida hamda 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarni oliy taʼlimga kirishlari uchun tavsiyanomalar berish ishlari natijasida shu kunga qadar 350 ga yaqin qizlar oliy taʼlim muassasalariga grand asosida oʻqishga qabul qilingan boʻlsa,100 nafari 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan, ammo oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarimiz ham oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlishdi.
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 5 ta oliy taʼlim muassasasida 116 nafar ilmiy darajaga ega xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda.
2030-yilga qadar viloyat oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar salohiyatini koʻtarish, gender tenglik masalalarini ham ijobiy hal qilish strategiyasi sifatida viloyat boʻyicha oʻtkazilgan “Olima ayollar haftaligi” sifatida “Mahorat, isteʻdod, tajriba” deb nomlangan viloyatning 110 nafar olimalari toʻgʻrisidagi biobibliografik maʼlumotlar jamlangan majmuasi chop etildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!