Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
13 ноябрь 2024 г 28 Комментарии: 0
Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.
“Hanjar-2024” nomi ostida tashkillashtirilayotgan yig‘in ishtirokchilari ikki qardosh davlat bayroqlari va madhiyasi sadolari ostida saf maydonidan shaxdam qadamlar bilan o‘tishdi.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbarlari bilan brifingda o‘quv mashg‘ulot dasturi bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. O‘n kun davom etishi ko‘zda tutilgan maxsus-taktik o‘quv yig‘inida ko‘plab amaliy mashqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, “Hanjar-2024” maxsus-taktik o‘quvi davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.
Do‘stona ruhda boshlangan o‘quv yig‘ini davomida mehmonlar uchun milliy taomlar kuni, futbol musobaqasi hamda Samarqand shahriga sayohat tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!