» » Arnasoylik yoshlar brokkoli karam yetishtirib gektaridan 90 mln soʻmgacha daromad olishmoqda

Arnasoylik yoshlar brokkoli karam yetishtirib gektaridan 90 mln soʻmgacha daromad olishmoqda

14 ноябрь 2024 г 29 Комментарии: 0

Bugungi kunda takroriy ekin sifatida dukkakli oʻsimliklar qatori brokkoli karam yetishtirish ham ommalashmoqda.

Joylarda mirishkor dehqonlarimizdan tortib endigina dehqonchilikning sir-asrorlarini oʻrganayotgan bir qator yoshlarimiz ham serdaromad boʻlgan brokkoli karamni mahalliy iqlim sharoitida yetishtirishning uddasidan chiqishmoqda.

Jumladan, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida Arnasoy tumani “Gʻ.Gʻulom” mahallasining 10 nafar yoshlariga O.Vodiy SIUdan 10 gektar yer ajratilib, Mikrokredit bank tomonidan ham imtiyozli kreditlar berildi. Mazkur kreditlar asosida bugungi kunga kelib har bir yosh oʻzlariga ajratilgan yerlardan unumli daromad olishlari uchun tadbirkor Bahriddin Abdushukurov tomonidan korporatsiya tashkil qilib, brokkoli karam yetishtirishdan tortib eksport qilishgacha koʻmak berib kelmoqda.

Ayni damda yoshlar tomonidan yetishtirilgan brokkoli karam gektaridan 10-12 tonna hosil olishmoqda. Olingan hosil esa joyida tadbirkorlar tomonidan 9 ming soʻmdan sotib olinib, Rossiya davlatiga eksport qilish uchun olib ketilmoqda.

Albatta, bu kabi takroriy ekinlar tajriba sifatida ilk bor ekilib oʻz samarasini berayotganligining guvohi boʻlgan Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov kelgusida ushbu brokkoli karam yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyish borasida tadbirkor Bahriddin Abdushukurovga tavsiyalar berib oʻtdi.

Arnasoy tumani “O.Vodiy” va “Y.Zohidov” SIUlarida ilk marotaba yetishtirilayotgan brokkoli karam mahsulotlari nafaqat Oʻzbekiston balki chet mamlakatlarga ham eksport qilinayotganligi iqtisodiyotmiz barqarorligini taʼminlashda muhim omil boʻlishi tabiiydir.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!