» » Takroriy ekin-qoʻshimcha daromad manbai

Takroriy ekin-qoʻshimcha daromad manbai

09 июль 2024 г 84 Комментарии: 0

Zomin tumanida sugʻoriladigan maydonlarida ekilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari asosini kuzgi boshoqli don ekinlari tashkil etadi.

Har yili besh ming gektarga yaqin sugʻoriladigan maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari yetishtiriladi. Kuzgi boshoqli don ekinlari yigʻishtirib olingandan soʻng shuncha miqdordagi maydonda takroriy ekinlar yetishtirish imkoniyati paydo boʻladi.

Shuni eʼtiborga olib, kuzgi bugʻdoydan boʻshagan maydonlarda asosiy eʼtiborni aholining kundalik oziq-ovqat talablarini qondiradigan dukkakli don, sabzavot, poliz va yem-xashak ekinlarini takroriy ekin sifatida yetishtirish kelgusida tumanimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan extiyojlarini toʻla qondirishga zamin yaratadi.

Fermer xoʻjaliklarida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qisqa navbatli almashlab ekish tizimlariga tuproqda koʻp miqdorda organik qoldiqlar qoldiradigan hamda uning unumdorligini tikladigan takroriy ekinlarni ekish maqsadga muvofiqdir.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!