» » AGTKSHga 41 million soʻm miqdorida moliyaviy jarima rasmiylashtirildi

AGTKSHga 41 million soʻm miqdorida moliyaviy jarima rasmiylashtirildi

27 март 2024 г 132 Комментарии: 0

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi nazorat inspeksiyasi tomonidan Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasiga (AGTKSH) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qoʻllanildi.
Bunga Jizzax viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan “X.B.I” MCHJ da oʻtkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilish holatlari aniqlangani sabab boʻldi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq, jamiyatga 41 mln. soʻm miqdorda moliyaviy jarima rasmiylashtirildi.

Muvofiqlik sertifikatsiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilinishini taqiqlash va mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma koʻrsatma berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!