» » Jizzaxlik soliqchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning uyini taʼmirlab berishmoqda

Jizzaxlik soliqchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning uyini taʼmirlab berishmoqda

27 март 2024 г 160 Комментарии: 0

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Sharof Rashidov tuman “Yangi hayot” mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda.
Ayni damda “Oltinsoy” koʻchasida yashovchi boquvchisini yoʻqotgan Komila Jumanazarovalar oilasi koʻp yillardan beri taʼmirtalab uyda yashab kelgan.

Ularning ijtimoiy holati oʻrganilib, uyni taʼmirlashda 4-sektor vakillari tomonidan amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Sektor rahbarining tashabbusi bilan hovli atrofini oʻrash maqsadida 27 metr “Evrozabor” panellari va uyni taʼmirlash uchun 2 tonna sement mahsuloti keltirildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!