Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyat hokimining davlat tili boʻyicha maslahatchisi ishtirokida brifing oʻtkazildi
22 май 2024 г 162 Комментарии: 0
Jizzax viloyat hokimining davlat tili boʻyicha maslahatchisi Mavlanov Bahodir ishtirokida viloyat hokimli Axborot xizmati media markazida brifing oʻtkazildi.
Brifingda viloyat hokimining davlat tili boʻyicha maslahatchisi Mavlanov Bahodir faoliyati boʻyicha axborot berdi.
Barchamizga maʼlumki, 2020-yil 20-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli tasdiqlangandan keyin vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimliklarida rahbarning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgan edi.
Bugungi kunda mahalliy davlat hokimliklarida hokimlarning maslahatchilari tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari, dasturlar hamda “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
Geografik va boshqa toponomik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni montoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashda ishtirok etish kabi vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni talablari asosida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha Viloyatda 1 ta, tuman (shahar)larda 13 ta jami 14 ta komissiyalar ish olib borib, aholi manzillari xatlovdan oʻtkazilib, nomsiz aholi manzillari, nomi qonun talablariga zid boʻlgan koʻcha va aholi punktlarini qayta nomlash maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻchalarni qayta nomlash yuzasidan qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari vakillarining yigʻilishlari oʻtkazilib, tegishli qarorlar asosida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman hokimliklari huzuridagi komissiyalar tomonidan qarorlar qabul qilinib, xalq deputatlari shahar-tuman Kengashlarining sessiya yigʻilishlarida viloyat boʻyicha jami 9241 ta koʻcha nomlari, 176 ta qishloqlar, 551 ta aholi punktlari, 309 ta mahalla fuqarolari yigʻinlari nomlari, 4 ta maydonlar, 13 ta istirohat bogʻlari, 11 ta xiyobonlar, 47 ta ziyoratgohlar, 531 ta qabristonlar nomlari tasdiqlanib, Kadastr agentligining geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri bazasiga kiritildi.
Viloyat boʻyicha oʻtgan davr mobaynida maslahatchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha viloyat va tumanlardagi tashkilotlar, korxonalar, idoralar hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida 200 dan ortiq targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Viloyat hokimligi, shahar va tumanlar hokimlari maslahatchilari tomonidan hududlardagi jamoat joylari, tumanlararo asosiy yoʻllar va shox koʻchalar boʻyida oʻrnatilgan barcha tashqi yozuvlar monitoring qilingan. Monitoring jarayonida turli xatoliklar bilan yozilgan
350 ta tashqi yozuvlar aniqlanib, ularning 332 tasidagi xatoliklar shu kunga qadar toʻliq bartaraf etilgan.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi Jizzax hududiy boʻlinmasida 144 soatlik oʻquv dasturi asosida turli tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlardan tarkib topgan tinglovchilarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, oʻzbek adabiy tili meʼyorlari hamda davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini takomillashtirilib borilmoqda.
Joriy 2024-yil boshidan hozirgi kunga qadar boshqarma va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining 380 nafar xodimlari mazkur malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, davlat namunasidagi malaka sertifikatlariga ega boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2023-yil 30-avgustdagi “Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi
80/113-XDFU-sonli yigʻilishi bayonida 2024-yil yakuniga qadar har bir hududning tarixi, qadriyatlari bilan bogʻliq boʻlgan joy nomlari izohli lugʻatini chop etish, bu ishga soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilarni jalb qilish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish choralarini koʻrish topshirigʻi berilgan edi bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor oʻqituvchilari ishtirokida mazkur kitobni nashrga tayyorlash borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning sentyabr oyi yakuniga qadar mazkur kitobni nashrdan chiqarish kutilmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!