» » Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida “Vasiylik kengashi” ochildi

Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida “Vasiylik kengashi” ochildi

30 май 2024 г 236 Комментарии: 0

Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti rektori Lenar Safin boshchiligidagi delegatsiyani Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.

Viloyat hokimligi anjumanlar saroyidagi qabulda viloyat hokimi Ergash Saliyev, Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti rektori Lenar Safin, oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Yekaterina Turilova va uning Jizzaxdagi filiali ijrochi direktori Ozod Babomuradov va Marat Umarov hamda viloyat tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda ikkala hudud oʻrtasida Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida “Vasiylik kengashi” ochilishi buyicha kelishuv imzolandi.

“Vasiylik kengashi” raisi etib, viloyat hokimi Ergash Saliyev tayinlandi. Kengash raisi oʻrinbosari Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti rektori Lenar Safin boʻldi.

Jizzax shahridagi Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti filialining vasiylik kengashining vazifasi filial faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, taʼlim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, malakali mataxasisilarni jalb qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.

Shuningdek, filialda talabalarni taʼlim olish, darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun fan toʻgaraklari, zaruriy moddiy-texnik bazasi taʼminotini yoʻlga qoʻyish, talabalar turajoylarida yashash sharoitlarini yaxshilash uchun tegishli chora-tadbirlarini belgilashdan iboratdir.

Bundan tashqari uchrashuv davomida Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali bilan Hindistonliklar oʻrtasida alohida kelishuv memorandumi imzolandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!