» » Shinjon-Uygʻur avtonom hududida Jizzaxliklar uchun biznes forum oʻtkazildi

Shinjon-Uygʻur avtonom hududida Jizzaxliklar uchun biznes forum oʻtkazildi

10 июнь 2024 г 98 Комментарии: 0

Shinjon-Uygʻur avtonom hududi va Jizzax viloyati oʻrtasida iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy aloqalarni kuchaytirish maqsadida forum oʻtkazildi.

Forumni Zhang Zhigang ochib berib, tadbirga kelgan mehmon va mezbonlarni tanishtirdi.
Shundan soʻng, viloyat hokimi oʻrinbosari Ibrohim Komilov soʻzga chiqib, tadbir qatnashchilariga viloyatning salohiyati aks etgan videorolikni koʻrsatib, ikki davlat rahbarlari tomonidan berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Soʻngra, Shinjon-Uygʻur avtonom hududi sanoat va savdo federatsiyasi oʻrinbosari Yu Mingsheng soʻzga chiqib, ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalari haqida gapirdi.

Tadbir davomida Viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Ibragimov qatnashchilarga Jizzax viloyati toʻgʻrisidagi taqdimoti bilan tanishtirdi. Taqdimotdan soʻng memorandum va shartnomalar imzolash marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda V2V hamda V2G formatda uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Jumladan, Zafarobod tumani hokimi Xinjiang Shihezi Jinguyuan Agricultural Technology Co., Ltd bilani qishloq xoʻjaligi masalalarida qalampir yetishtirishi boʻyicha muzokaralar olib bordi.

Ularga katta miqdorda yer karakligini aytishdi shu sababli bu loyihaga 4 ta tuman Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor hamda Zarbdorlardan boʻsh yerlar koʻrsatilishi aytib oʻtildi.

Mirzachoʻl tumani hokimi paxtani qayta ishlash boʻyicha Urumchi Shiruntong Chemical Technology Co., Ltd. muzokaralar olib bordi hamda xitoylik kompaniya vakillari iyul oyida Jizzaxga tashrif buyurishini aytdi.

Shuningdek, qolgan shahar va tumanlar hokimlari va tadbirkorlar xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borishdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!