» » II Xalqaro maqom sanʼati anjumani: Jizzaxdagi festivalning eng yaxshilari taqdirlandi

II Xalqaro maqom sanʼati anjumani: Jizzaxdagi festivalning eng yaxshilari taqdirlandi

01 июль 2024 г 31 Комментарии: 0

Jizzax viloyatining Zomin tumanida toʻrt kun davomida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom sanʼati anjumani oʻtkazildi. Va nihoyat bugun anjuman ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari aniqlandi.

Yaʼni jahonning 16 ta davlatlaridan (Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Xitoy, Marokash, Turkmaniston, Iordaniya, Yaponiya, Tojikiston, Eron, Tunis, Hindiston, Misr, Indoneziya, Turkiya, Qatar, Oʻzbekiston) 95 nafar maqom ijrochilarining eng saralari tanlov gʻolibi boʻldilar.

Xalqaro tanlov ishtirokchilarini Tojikiston, Ozarbayjon, Misr, AQSH, Hindiston,Turkiya va Oʻzbekistondan boʻlgan hayʼat aʼzolari uchta nominatsiya – “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholgʻu ijrochisi”, “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” yoʻnalishlari boʻyicha baholadilar.

 

Koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

 

“Gran-pri” – 15 000 AQSH dollari – Eron “Fors” ansambli solisti Ali Asgʻar Arabshohiy

 

1-oʻrin:

– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 10 000 AQSH dollari, Tojikiston milliy konservatoriya guruhi solisti  Xurshid Ibrohimzoda.

– ansambl jamoasi uchun – 10 000 AQSH dollari, Oʻzbekiston milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli

2-oʻrin – quyidagi nominatsiyalar boʻyicha:

 

– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 7 000 AQSH dollari, Turkiya Chidem Gurdal

– ansambl jamoasi uchun – 7 000 AQSH dollari, Oʻzbekiston maqom markazi, Jizzax viloyati hududiy boʻlimi maqom ansambli.

3-oʻrin – quyidagi nominatsiyalar boʻyicha:

– ansambl jamoasi uchun – 5 000 AQSH dollari, Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon  badiiy teatri, maqom badiiy truppasi

– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 5 000 AQSH dollari Hindiston, Ali Amjad Xon

 

Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targʻibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining ragʻbatlantiruvchi sovgʻa va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Gʻoliblarni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.

 

Shu bilan birga anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom sanʼati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.

 

Har bir gʻolibni eʼlon qilishdan va qutlashdan oldin turli mamlakatlardan kelgan sohir ovoz sohiblari tomonidan eng sara maqom asarlari ijro etildi. Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiyadan kelgan maqomchilar hamda “Oʻshal damlar”, “Sabʼai Sayyor”, “Dilbarim”, “Qashqarchai ushshoq”, “Lazgi”, “Dunyo maqomi” kabi madaniy merosimizdan oʻrin olgan qoʻshiqlar yana bir bor bugungi anjumanning fayziga fayz qoʻshdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!