» » Zominda Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtadi

Zominda Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtadi

25 июнь 2024 г 123 Комментарии: 0

Shu yilning 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom sanʼati anjumani boʻlib oʻtadi.

Ayni paytda nufuzli tadbirga tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Anjumanda har bir hudud oʻz milliy burchagi bilan qatnashadi.

Maʼlumot uchun: tadbir doirasida xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi hamda yarmarkalari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan hududda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ishtirokchilar uchun barcha qulayliklarga ega mehmonxona, oshxona va boshqa koʻngilochar maskanlar hozirlanmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!