» » Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Anhalt amaliy fanlar universiteti prezidentini qabul qildi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Anhalt amaliy fanlar universiteti prezidentini qabul qildi

16 август 2024 г 63 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev va Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti prezidenti, professor Yorg Bogdan oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimligining anjumanlar saroyidagi qabullar zalida viloyat hokimi Ergash Saliyev, Anhalt amaliy fanlar universiteti prezidenti, professor Yorg Bogdan, universitet professori Eduard Siemens ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Jumladan, Anhalt amaliy fanlar universitetining taʼlim dasturlari doirasida viloyatda universitet filalini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida, hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlari va ularning amalga oshirilishi ikki davlatning taʼlim sohasidagi munosabatlarini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!