» » Doʻstlik tumani paxta yigʻim-terimiga tayyormi?

Doʻstlik tumani paxta yigʻim-terimiga tayyormi?

19 август 2024 г 61 Комментарии: 0

Doʻstlik tumanida paxta yigʻim-terimga tayyorgarlik koʻrish, bu boradagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi oʻrinbosari Oybek Ashurmatov, tuman hokimi Shavkat Darvishev, viloyat prokuraturasi xodimlari, boshqa mutasaddilar hamda tuman fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Bu yil Doʻstlik tumani paxtakorlari 56 390 tonna paxta yetishtirishni oldilariga maqsad qilishgan.
Paxta terimi asosan texnika vositalarida amalga oshirilib, mavsumda jami 77 ta yuqori unumli terim agregatlari ishlatiladi. Bundan tashqari, yana 15 ta terim kombaynlarini ijara asosida ishlatish rejalashtirilgan.

Oybek Ashurmatov seminar ishtirokchilarga terimga tayyorgarlik koʻrish jarayoni bilan birgalikda fermerlar tomonidan paxta sotishdagi bu yilgi tartib qoidalar toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.

Seminarda mavsumga hozirdan puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!