» » Jizzax zaminida yetishtirilgan qovunlar yevropa va qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinmoqda

Jizzax zaminida yetishtirilgan qovunlar yevropa va qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinmoqda

04 сентябрь 2024 г 39 Комментарии: 0

Bu mavsum poliz mahsulotlari serob boʻldi. Bu esa oʻz navbatida eksport uchun katta imkoniyat deganidir.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida joylashgan “BMB-NRC Agrologistics” majmuasi zaminimizda, xususan, “BMB Agro" dalalarida yetishtirilgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini xorijga eksport qilishda koʻmakchi boʻlib kelmoqda.

Majmuada, mirishkorlar yetishtirgan qovunlar xalqaro eksport talablariga muvofiq +5°S haroratda saqlanib, tegishli tartibda saralanib, qadoqlanmoqda hamda fitosanitariya, bojxona va deklarant hujjatlar majmuaning oʻzida rasmiylashtirilib toʻgʻridan toʻgʻri eksport qilinmoqda.

Quvonarlisi, soʻnggi yillarda eksport bilan bogʻliq bir qator yengilliklar berilishi hamda agrologistika markazida yaratilgan shart-sharoitlar mahsulotlarni muntazam eksport qilish imkoniyatini bermoqda.

Xususan, har kuni Yevropa mamlakatlari hamda qoʻshni davlatlarga qovunlarning katta partiyasi eksport qilinmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!