Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi oshadi
06 сентябрь 2024 г 116 Комментарии: 0
Maʼlumki, viloyatimiz respublikaning togʻli hududlaridan biri sanaladi.
Bunday vaziyatda togʻ etaklarida joylashgan olis qishloqlar hamda aholi yashash hududlarini tabiiy gaz tarmogʻiga ulash bir qator qiyinchiliklarni tugʻdirishi tabiiy hol. Bu oʻrinda aholining tabiiy gaz mahsulotlariga boʻlgan talab va ehtiyojini suyultirilgan maishiy gaz ballonlari orqali qondirish mumkin.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, viloyatimiz boʻyicha jami 98 360 nafar isteʼmolchi maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlangan. Hozirga qadar esa ularning 87000 tasiga ID-kartalar tarqatilib, faollashtirilgan.
Jizzax viloyati boʻyicha jami 110 680 ta maishiy gaz balloni isteʼmolda. Ularga viloyatimizning har bir tumanida joylashgan gaz quyish shaxobchalari orqali har 30-35 kun oraligʻida hududlar kesimi boʻyicha gaz mahsulotlari tarqatilmoqda. Bundan tashqari aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoniga davlat-xususiy sheriklik asosidagi xizmat koʻrsatish jalb etilgan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!