» » Jizzax viloyatida ishga tushgan turizm loyihalari 

Jizzax viloyatida ishga tushgan turizm loyihalari 

18 сентябрь 2024 г 81 Комментарии: 0

2023-yilda turizm sohasida umumiy qiymati 1 trln 172 mlrd. soʻmlik 52 ta loyihalar ishga tushirildi.

Shundan, (4 ta mehmonxona, 12 ta turizm dam olish va xizmat koʻrsatish maskani, 2 ta turistik davolash sogʻlomlashtirish majmuasi, 2 ta xostel, 2 ta oilaviy mehmon uyi, 1 ta ijara yotoqxona, 7 ta umumiy ovqatlanish va 1 ta motel) faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

2024-yilda turizm sohasida umumiy qiymati 742,8 mlrd. soʻmlik 29 ta loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shundan, (4 ta mehmonxona, 11 ta turizm dam olish va xizmat koʻrsatish maskani, 2 ta turistik davolash sogʻlomlashtirish majmuasi, 2 ta xostel, 2 ta oilaviy mehmon uyi, 1 ta ijara yotoqxona, 6 ta umumiy ovqatlanish va 1 ta motel) faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Joriy yilning oʻtgan davri davomida 129 mlrd 537 mln soʻm (shundan, 124 mlrd 087 mln soʻm oʻz mablagʻlari, 5 mlrd 450 mln soʻm bank kredit mablagʻlari) boʻlgan 10 ta investitsiya loyihasi foydalanishga topshirilgan boʻlib jami 72 nafar yangi ish oʻrni yaratilgan.

Jumladan, Baxmal tumanida umumiy qiymati 15 mlrd 400 mln soʻm (shundan, 15 mlrd 400 mln soʻm oʻz mablagʻlari hisobiga) boʻlgan 4 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan boʻlib koʻshimcha 34 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Gʻallaorol tumanida umumiy qiymati 800 mln soʻm (shundan, 800 mln soʻm oʻz mablagʻlari hisobiga) boʻlgan 1 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan boʻlib qoʻshimcha 3 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Zomin tumanida umumiy qiymati 107 mlrd 550 mln soʻm (shundan, 106 mlrd 600 mln soʻm oʻz mablagʻlari, 950 mln soʻm bank kredit mablagʻlari hisobiga) boʻlgan 4 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan boʻlib qoʻshimcha 27 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Forish tumanida umumiy qiymati 5 mlrd 787 mln soʻm (shundan, 1 mlrd 787 mln soʻm oʻz mablagʻlari, 4 mlrd soʻm bank kredit mablagʻlari hisobiga) boʻlgan 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan boʻlib qoʻshimcha 8 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!