Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda "Butunjahon atrof-muhit kuni" munosabati bilan plogging tashkil etildi
20 сентябрь 2024 г 109 Комментарии: 0
Kuni kecha 19-sentabr kuni Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “World cleanup day” (Butunjahon tozalik kuni) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” nomli ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.
Mazkur aksiya jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan.
"Sangzor" daryosining Jizzax shahridagi "Sangzor" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida o‘tkazilgan eko-aksiya “Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Aksiyada O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengashi raisi A.Hamzayev, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaa qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov va Ekologik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi raisi A. Rahmonqulov, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining eko-faolari, Sanitar tozalash markazi Jizzax viloyati filiali, Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, "Eko-sfera" va "Toza hudud" DUK xodimlari, "Sangzor" MFYfaollari ishtirok etib, daryo bo‘ylarining toza bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Plogging davomida "Sangzor" daryosi bo‘ylarida to‘plangan chiqindilar tozalandi va maxsus transport vositalari yordamida chiqindi poligoniga olib borib joylashtirildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!