» » Xalqaro savdo-iqtisodiy forum “Jizzax 2024” oʻtkazildi

Xalqaro savdo-iqtisodiy forum “Jizzax 2024” oʻtkazildi

27 сентябрь 2024 г 27 Комментарии: 0

Zomin tumanida joylashgan TRYP by Wyndham hotelida Xalqaro savdo-iqtisodiy forum “Jizzax 2024” oʻtkazildi.

Mazkur forumda mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasidan vakillar ham ishtirok etishdi.

Forumda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, viloyatining iqtisodiy salohiyati hamda investitsion jozibadorlik haqida ishtirokchilarga maʼlumot berdi.

Jizzax viloyati bugungi kunda qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikasi hamda strategik hamkor davlat Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy sohalarda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Doimiy hamkorlik tufayli barcha darajadagi muloqot faollashib, doʻstlik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan hartomonlama manfaatli hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Keyingi yillarda Jizzax viloyatida barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishildi. Ayni paytda viloyat mamlakatimizning sanoat markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Bunda asosiy lokomotivlar avtomobilsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qurilish, charm-poyabzal, meva-sabzavot mahsulotlari, kimyo sanoati, metallurgiya va boshqalar hisoblanadi.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida roʻyxatga olingan 250 ga yaqin qoʻshma korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 49 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 6 nafari Qozogʻiston Respublikasi, 7 nafari Qirgʻiz Respublikasi, 2 nafari Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tashriflar natijasida oʻzaro tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilgan koʻplab shartnomalar imzolandi.

2024-yilning oʻtgan sakkiz oyida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 milrd 320 million AQSH dollarini tashkil etdi. Ularning 578 million dollari Xitoy Xalq Respublikasi, 46 millioni Qozogʻiston Respublikasi, 7 millioni Qirgʻiziston Respublikasi va 7 million dollari Tojikiston Respublikasiga toʻgʻri keladi.

Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasidan vakillari ham oʻzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Yakunda mazkur hududlar bilan savdo iqtisodiy memorandumlar imzolandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!