» » “Jizzax suv taʼminoti” AJ xodimlari Turkiyadagi suv inshooti faoliyatini oʻrganishdi

“Jizzax suv taʼminoti” AJ xodimlari Turkiyadagi suv inshooti faoliyatini oʻrganishdi

07 октябрь 2024 г 55 Комментарии: 0

“Jizzax suv taʼminoti” AJ xodimlari Turkiya Respublikasida oʻtkazilayotgan oʻquv-seminar doirasida turli mamlakatlar tajribasini oʻrganib, suv taʼminoti sohasidagi kasbiy malakasini oshirmoqda.

Mazkur seminar doirasida, jamiyat direktori Abdulla Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning ATIKSU ARITMA oqova suvlarni qayta ishlash inshootiga tashrif buyurdi. Bu inshoot Turkiyaning zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan eng ilgʻor suv inshootlaridan biri hisoblanadi.

Delegatsiya tashrifi davomida ATIKSU ARITMA inshootining suvlarni mexanik, biologik va ximik tozalash jarayonlari qanday tashkil etilganini kuzatib, atrof-muhitga zarar keltirmasdan samarali ishlash boʻyicha faoliyat yuritilishini oʻrgandi. Turkiya tomoni esa suv resurslarini tejash, qayta ishlangan suvdan qayta foydalanish va zamonaviy filtratsiya texnologiyalari haqida batafsil maʼlumot berdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!