» » Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha “Jamoatchilik eshituvi” oʻtkazildi

Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha “Jamoatchilik eshituvi” oʻtkazildi

09 октябрь 2024 г 59 Комментарии: 0

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlarini bogʻlovchi 4K-253a Islom Karimov shox koʻchasidan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻliga ulanuvchi yangi yoʻnalishdagi, 700 pm uzunlikdagi yoʻl oʻtkazgich hamda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻliga ulanuvchi yangi yoʻnalishdagi, 4 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Yoʻl oʻtkazgich qurilishi obyekti va Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtadigan avtomobil yoʻlining qurilishi ostiga tushgan daraxtlarni saqlab qolish, ularni qonun talablari doirasida boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning ijtimoiy va ekologik ahamiyatini keng ommaga targʻib qilish maqsadida “Jamoatchilik eshituvi” tashkil etildi.

Tadbirga Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumanlari hokimliklarining masʼul vakillari, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi masʼullari, Jizax shahrining Mirzo Ulugʻbek va Sharof Rashidov tumanining “Katta qishloq” MFY faollari hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

“Jamoatchilik eshituvi”da jamoatchilik vakillariga qurilish obyekti ostiga tushgan Jizzax shahar hududida oʻsib turgan 11 dona manzarali va mevali, Sharof Rashidov tumani hududida oʻsib turgan 256 ta tut daraxtlarini boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish taklifi maʼlum qilindi va ularning bu borada fikr va mulohazalari oʻrganildi.

“Jamoatchilik eshituvi”da mazkur qurilish obyekti aholi uchun bir qator imkoniyatlar yaratishi, jumladan, “Yangi Oʻzbekiston” massiviga boriladigan yoʻlni yanada yaqinlashtirishi, yoʻllarda yuzaga keladigan avtotransport vositalari tirbandligi muammolarining bartaraf etilishi, qolaversa, avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlarning kamayishi kabi ijobiy jihatlari haqidagi fikrlar bildirildi.

Shuningdek, masʼullar daraxtlarni koʻchirib oʻtkazish uchun kuz mavsumining ayni vaqti ekanligi, hudud iqlim omillarining zararsizligi, shuningdek, daraxtlar maxsus texnika vositasi yordamida koʻchirib oʻtkazilishining afzalliklari haqida gapirdilar.

Tadbirda OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!