Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Forish tumanida turizm xizmatlari sifat jihatdan yaxshilanib, sayyohlar oqimi tobora oshib bormoqda
14 октябрь 2024 г 56 Комментарии: 0
Mahallalar infratuzilmasida yuz berayotgan oʻzgarishlar nafaqat tuman ahlini, balki tumanga tashrif buyurayotgan sayyohlarni ham quvontirmoqda.
Haqiqatdan ham Forish tumanida turizm va ziyorat turizmini, Aydar – Arnasoy koʻllar tizimi atrofidagi eko, gastronomik hamda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Joriy yilning oʻtgan oylari davomida Forish tumaniga 46 ming nafardan ziyod xorijiy va 179 ming nafardan ziyod mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan.
Chet ellik sayyohlarning asosiy qismi Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Meksika, Polsha, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Shvesariya davlatlari fuqarolari tashkil etadi.
Tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy urf-odatlar, hunarmandchilik, betakror tabiat, xushmanzara togʻlar va adirliklarida aylanish hamda turizm xalqasi boʻylab sayohat qilish zavq bagʻishlaydi.
Keyingi yillarda Forish tumanida turizm sohasini izchil rivojlantirish, yangi turistik obyektlarni ishga tushirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumandagi “Doʻstlik”, “Oʻxum”, “Sayyod”, “Uchquloch” mahallalarini bosqichma-bosqich turizm mahallalariga aylantirish maqsadida mehmonxonalar, turizm va xizmat koʻrsatish maskanlari, turistik davolash-sogʻlomlashtirish majmuasi, xostel hamda oilaviy mehmon uylari bunyod etilayapti.
Tumanda 2023-yilda umumiy qiymati 5 mlrd soʻm boʻlgan 2 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Bugungi kunda togʻ soʻqmoqlarida piyoda yurish butun dunyoda ommalashib borayapti. Sayyohlar Nurota togʻ tizmasi boʻylab sayr qilish bilan birga, “Nurota” davlat qoʻriqxonasidagi parvarishxonada koʻpaytirilayotgan arxarlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, “Nurota” togʻ tizmalaridagi qadimiy petrogliflar, “Doʻstlik” mahallasi Majrum qishlogʻidagi 1 ming yillik archa daraxti ham sayyohlarning eʼtiborini tortmoqda.
Bugungi kunda Forish tumanida sayyohlarning dam olishlari uchun 31 ta joylashtirish vositalari, 9 ta xostel, 4 ta kemping, 17 ta oilaviy mehmonxona uylari va oʻtovlar tashkil etilgan boʻlib, ularda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!