Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyatida tashkil etilgan zaʼfaron plantatsiyalari bosqichma-bosqich kengaytiriladi
16 октябрь 2024 г 72 Комментарии: 0
BMB HOLDING Bosh ofisida Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov hamda HT Holding kompaniyasi prezidenti Roberto Tuchchi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, yana bir korxonaning muvaffaqiyatli ishga tushirilganligini eʼtirof etildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Jizzax viloyatida tashkil etilgan zaʼfaron plantatsiyalarini bosqichma-bosqich kengaytirishni davom ettirish, BMB Zaʻfaron brendi ostida yetishtirilayotgan zaʼfaron mahsulotlari eksport hajmini oshirish hamda geografiyasini kengaytirish, zaʼfaron asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish, bu orqali Yevropa va AQSH bozorlariga yanada chuqurroq kirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Qolaversa, 2023-yilning iyun oyida Prezidentimizning Italiyaga rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan shartnomalar ijrosini davom ettirish, mahsulot turlarini koʻpaytirish va yuqorida taʼkidlangan yoʻnalishlarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!