» » Xitoyning Gansu provinsiyasi doimiy partiya qoʻmitasi aʼzosi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi qabul qildi

Xitoyning Gansu provinsiyasi doimiy partiya qoʻmitasi aʼzosi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi qabul qildi

18 октябрь 2024 г 92 Комментарии: 0

Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou partiya qoʻmitasi kotibi, Gansu provinsiyasi doimiy partiya qoʻmitasi aʼzosi janob Chjan Syaosyan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev qabul qildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi Ergash Saliyev Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari, soʻnggi yillardagi oliy darajadagi tashriflar va ularning ijobiy natijalari toʻgʻrisida va viloyatimiz salohiyati xususida soʻz yuritdi.

Xususan, viloyatimiz salohiyati xususida soʻz yuritar ekan viloyat hokimi Ergash Saliyev ikki davlat rahbarlari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar, viloyatning asosiy drayverlari, erkin iqtisodiy zonalar hamda viloyatda qaysi yoʻnalishlarda investitsiyalar jalb qilish mumkinligi toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Shundan soʻng, viloyat salohiyati aks etgan videorolik mehmonlarga namoyish etildi.

Delegatsiya rahbari Chjan Syaosyan qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Jizzax viloyati haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlganligi va delegatsiyasining viloyatga tashrif buyurishdan asosiy maqsadi ikki viloyat oʻrtasidagi aloqalarni yanada yaxshilar va hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish ekanligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax shahridagi Sh.Rashidov muzeyi, Kibersport arena, “Sambhram” va Qozon universiteti filiali hamda Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, viloyatimizdagi investorlarga yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berishdi va sanoat zonalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirishi boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!