» » Xalqaro kuzatuvchilar muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini oʻrganmoqda

Xalqaro kuzatuvchilar muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini oʻrganmoqda

24 октябрь 2024 г 12 Комментарии: 0

Xalqaro kuzatuvchilar Mari-Terez Karlen va Sergey Rigin Jizzax viloyatida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari qanday ketayotganini oʻrganmoqda.

Hududlardagi saylov komissiyalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini oʻrgangan xalqaro kuzatuvchilar kecha 23-oktyabr kuni Hududiy saylov komissiyasida boʻlib, Komissiya raisi Shavkat Sharipov, rais oʻrinbosari Toʻlqin Yunusov hamda komissiya kotibi Dilshod Uralov bilan suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida Mari-Terez Karlen muddatidan oldin qancha ovoz berilgani, saylov kuni HSK faoliyati qanday boʻlishiga oid savollarga javob olish uchun kelganini maʼlum qildi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida tayyorlab berayotgani uchun HSKga minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqaro kuzatuvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga HSK raisi Shavkat Sharipovdan atroflicha javob olishdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!