Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Aydar-Arnasoy koʻlida istirohat va koʻngilochar maskanlar tashkil qilinadi
05 ноябрь 2024 г 45 Комментарии: 0
Mamlakatimiz turizm salohiyatini xalqaro maydonlarda keng targʻib qilish va turistik oqimni oshirish — iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Ichki turizm nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, balki Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda Aydar-Arnasoy koʻli ham oʻziga xos moviy koʻli, shifobaxsh balchiqlari, yovvoyi tabiati bilan ajralib turuvchi turizm maskanlardan biriga aylanmoqda.
Shu bois, Aydar-Arnasoy koʻliga xorijiy investorlar hamda tadbirkorlarning qiziqishi tobora ortib, koʻl boʻyi sohilida zamonaviy kempinglar, sayyohlarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻtov-mehmonxonalari va xostellar, suv transport xizmatlari, savdo-doʻkonlari, sport maydonlari, bolalar uchun oʻyingohlarni ishga tushirish borasida loyihalarni taqdim qilishmoqda.
Kuni kecha Toshkent shahridan kelgan “Luna Park”, “GRAND KAPITAL”, “Murad Buildings”, “BI GROUP”, “PepsiCo” kabi yirik tadbirkorlar, Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov bilan koʻl boʻyida uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda tadbirkorlar koʻl boʻyida “Golf klubi”, “Pepsi I ce”, mehmonxona va savdo xizmatlari, yopiq basseyn va restoranlar, suv havzasi, favvoralar, barlar va amfiteatr, “Oasis Garden” Alleya bogʻi, “AQUAMARINE” atraksionlar, plyaj sport maydonchalari, bolalar qum maydonchalari, umumiy ovqatlanish joylari kabi bir qator loyihalarini tadim qildi.
Uchrashuv soʻngida Aydar-Arnasoy koʻlida turizm obyektlarini barpo etish uchun taqdim qilgan loyihalarni amalga oshirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!