Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » AYDAR-ARNASOY KOʻLIDA KREVETKA YETISHTIRISH BORASIDA MUZOKARALAR OLIB BORILDI
29 октябрь 2024 г 46 Комментарии: 0
Soʻnggi yillarda yurtimizda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tumanlarning oʻziga xos tabiiy hududlarida yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish, zamonaviy turistik infratuzilmaning jadal rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bu borada, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ham turizm salohiyati oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda-ki, koʻl boʻyiga xorijiy investorlarning qiziqishlari ham tobora ortib bormoqda.
Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan “XIYU GUOJI SHANGWU” Co., Ltd kompaniya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mazkur uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining “XIYU GUOJI SHANGWU” Co., Ltd. kompaniyasi rahbari Wang Yue Li Xiaodong va kompaniya xodimlari birgalikda Aydar-Arnasoy koʻlida turizm obyektlarini barpo etish hamda dengiz mahsulotlari yetishtirish, jumladan baliq va krevetka yetishtirish va turizm salohiyatini oshirish borasida muzokaralar olib bordi.
Muzokaralar davomida xitoylik investorlar Aydar-Arnasoy koʻlida oʻrganish ishlari olib borishi va yaqin kunlarda turizm obyektlarini barpo etish hamda dengiz mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish borasida memorandum imzolash borasida tomonlar kelishib oldi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!