Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » 13 TA MAKTABGA “IQTISODIYOT VA BIZNES” DARSLIGI TARQATILDI
07 ноябрь 2024 г 29 Комментарии: 0
Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi filiali USAIDning “Youth Employment Skills” dasturi doirasida “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalish maktablarining 10-11- sinflariga moʻljallangan “Iqtisodiyot va biznes” fani oʻquv dasturi vazirlik va respublika taʼlim markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda yangi oʻquv doirasida mazkur yoʻnalishga moʻljallangan oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma va oʻquvchilar uchun darsliklar Vazirlik tomonidan tanlab olingan 288 ta maktabda tajriba sinovdan oʻtmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida har bir tumandan bittadan maktab mazkur dastur ishtirokchisi sifatida tanlab olingan.
USAIDning YES dasturi tomonidan joriy yilning avgust oyida “Iqtisodiyot va biznes” fani oʻquv dastur boʻyicha barcha viloyatlardan tanlab olingan 288 ta tajriba-sinov maktablari iqtisodiyot oʻqituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida boʻlib oʻtdi.
Bundan tashqari, YES dasturi mazkur tajriba sinov jarayoni 2024-2025 oʻquv yilida yanada muvaffaqiyatli oʻtishi uchun doimiy ravishda oʻqituvchilar malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi taʼminlash hamda tajriba sinov jarayonlarining monitoringini amalga oshirish borasida bir nechta tadbirlar oʻtkazishni rayejalashtirilgan.
Tajriba sinov jarayonining samarali oʻtayotganini baholash maqsadida YES dasturi hamkori ERGO Analiitics tanlangan maktablarda oktyabr-noyabr va oʻquv yili yakunida monitoring tadbirlarini oʻtkazishni rejalashtirgan. Monitoring davomida maktab rahbariyati, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari fikrlari oʻrganiladi. Oʻquvchilarning yil boshida va oʻquv yili oxiridagi fan boʻyicha bilimlari baholanib boriladi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!