Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Arnasoyda mahallalarning meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqilmoqda
11 ноябрь 2024 г 32 Комментарии: 0
Bugungi kunda shaharsozlik sohasiga oid asosiy masalalar va muhim muammolarni hal etish gʻoyat dolzarb vazifa ekani inobatga olinib, Arnasoy tumanidagi barcha mahallalar infratuzilmalarini yaxshilashga eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov boshchiligida hokimi oʻrinbosar, kadastrlar palatasi, arxitektura vakillari bilan birgalikda tumandagi 13 ta mahallalarning meʼmoriy qiyofasini oʻzgartirish borasida google xaritasi orqali boʻsh turgan joylar koʻrib chiqilmoqda.
Shuningdek, har bir mahallada aholi dam olish maskanlarini, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun salomatlik yoʻlakchalarini barpo etish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqib mahallalar qiyofasini tubdan oʻzgartirish kabi masalalar muhokama etildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!