» » Arnasoy tumani hokimi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar muammolarini oʻrganmoqda

Arnasoy tumani hokimi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar muammolarini oʻrganmoqda

18 сентябрь 2024 г 56 Комментарии: 0

Arnasoy tumanidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish borasidagi ishlar olib borilmoqda.

Bu borada sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish olib borishmoqda.

Arnasoy tuman hokimi 1-sektor rahbari Odil Musanov, mahalla yettiligi aʼzolari va mutasaddi tashkilotlar 1-sektor hududidagi “Tinchlik” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini xonadonma-xonadon yurish orqali oʻrganmoqdalar.

Oʻrganish davomida har bir oila aʼzolari bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlari yuzasidan takliflari tinglanmoqda.

Xonadonma-xonadon yurish orqali aniqlangan muammo va kamchiliklarni hal etish yuzasidan sektor rahbariyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida chora-tadbirlar belgilab olindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!