Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi
12 ноябрь 2024 г 20 Комментарии: 0
Jizzax shahridagi Sambhram universitetida “Ilm-fan taraqqiyoti: ilmiy innovatsion yondashuvlar va strategik tahlillar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Xalqaro anjumanda respublikamizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan bir qatorda raqamlashtirish yoʻnalishidagi xorijiy universitetlarning professor-oʻqituvchilari va boshqa bir qator ilmiy tadqiqot institutlarining yetuk olimlari hamda tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
Anjumanni Jizzax viloyati hokimi, senator,texnika fanlari doktori (dsc), professor Ergash Saliyev ochib berdi.
Oʻtkazilgan anjumanda nafaqat sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari sohalarida taʼlim samaradorligini oshirish yuzasidan, balki bugungi dunyo ilm-fani oldida turgan dolzarb va muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashindi, ilmiy asoslangan amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqiladigan boʻlib, bu boradagi kelgusi rejalarni belgilab olindi.
Taʼkidlash kerakki, respublikamizda axborot texnologiyalari sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, tizimda amalga oshirilayotgan zamonaviy tendensiyalar, bu borada kadrlar tayyorlashga qaratilgan strategik yondashuvlar va masalalarga ilmiy maktablar oʻrtasidagi muhokamalar, munozaralar va amaliy maʼruzalar jarayonida oʻz yechimini topadi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!