» » Oʻzbek futboli afsonasi Toʻlagan Isoqovga Jizzax viloyati hokimining tabrigi yetkazildi

Oʻzbek futboli afsonasi Toʻlagan Isoqovga Jizzax viloyati hokimining tabrigi yetkazildi

22 апрель 2024 г 103 Комментарии: 0

21-aprel kuni oʻzbek futboli tarixida yorqin iz qoldirgan hamda ayni paytda OʻFA Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Toʻlagan Isoqov 75 yoshni qarshi oldi.

Shu munosabat bilan bayram tadbiri tashkil etildi va unda OʻFA rahbariyati, turli sport tashkilotlari, klublar, futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda Toʻlagan Isoqovning yorqin futbolchilik faoliyati haqida soʻz bordi, tarixiy lahzalar yodga olindi.

Futbolimiz rivojiga qoʻshgan hissasi eʼtirof etilib, yana uzoq yillar samarali mehnat faoliyatini olib borishi haqida tilaklar bildirilgan holda, U kishiga viloyat hokimi Ergash Saliyevning esdalik sovgʻasi hamda tabrigini viloyat hokimi oʻrinbosari Akmal Savurbayev tantanali tarzda topshirdi.

Toʻlagan Isoqov 1967-1979-yillar davomida “Paxtakor” jamoasi sharafini himoya qilgan. Sobiq Ittifoq chempionatlarida 252 uchrashuvda maydonga tushib, 52 gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Toʻlagan Isoqovning futbolimiz rivojiga qoʻshgan hissasi beqiyos. Hozirgi kunda OʻFA Faxriylar kengashi raisi sifatida oʻzbek futboli afsonalari va yosh avlod oʻrtasida muloqotlar tashkil etishda jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!