» » Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Paxtakor tumani aholisi muammolarini tingladi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Paxtakor tumani aholisi muammolarini tingladi

09 сентябрь 2024 г 89 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Paxtakor tumanining Bogʻishamol mahallasida oʻtkazildi.

Ommaviy qabulda sektor rahbarlari viloyat hokimi oʻrinbosarlari, aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi.

Qabulda, boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalaridan onlayn tarzda viloyat hokimiga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Qabul guruhlarga boʻlingan holda har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.

Paxtakor tumanida 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 62 ta obyektlarda 68 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajarildi.

Tumanda joriy yilda tasdiqlangan 3 ta Dasturlar doirasida 21 ta obyektlarga 22,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

“Tashabbusli byudjet” dasturining ikkinchi mavsumida gʻolib boʻlgan 6 ta obyektlarga 8,1 mlrd soʻm mablagʻ beriladi.

Albatta amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar zamirida xalqni rozi qilish va insonlarni yaxshi yashashi uchun shart-sharoitlar yaratishdir.

Ommaviy qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy taʼmiri va ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Paxtakor tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda 71 nafar fuqarolardan 92 ta masalalardan iborat murojaatlar qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!