» » Mirzachoʻl tumani hokimligida ekspress-trening tashkil etildi

Mirzachoʻl tumani hokimligida ekspress-trening tashkil etildi

11 сентябрь 2024 г 39 Комментарии: 0

Hokim va uning jamoasini yagona maqsad yoʻlida oʻzaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish maqsadida navbatdagi ekspress-trening Mirzachoʻl tumanida oʻtkazildi.

Trening ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yangiliklar, sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi, vazifalar, reja va amaldagi koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarning shakllanishi, baholash tartibi tushuntirildi, sektorlar faoliyatining 2024-yilning birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi.

Murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi, aholi salomatligini muhofaza qilish, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, qurilish, investisiya yoʻnalishlaridagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Davlat xizmatchilariga faoliyatda tizimli natijadorlikka erishish, vaqtdan samarali foydalanish, oʻzi va jamoasi salomatligini asrash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish boʻyicha muhim tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, korrupsiyaga oid islohotlarni birdek taʼminlanishiga barcha masʼul ekanligi taʼkidlanib, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida toʻxtalib oʻtildi.

Trening davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!