Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Jizzax shahri aholisi muammolarini tingladi
16 сентябрь 2024 г 89 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Jizzax shahrining “Oʻratepalik” mahallasida oʻtkazildi.
Ommaviy qabulda sektor rahbarlari viloyat hokimi oʻrinbosarlari, aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda shahardagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi.
Qabulda, boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida tumanlardagi Xalq qabulxonalaridan onlayn tarzda viloyat hokimiga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Qabul guruhlarga boʻlingan holda har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.
Jizzax shahrida 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 162 ta obyektlarda 493 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Joriy yilda tasdiqlangan 3 ta Dasturlar doirasida 43 ta obyektlarga 69,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
“Tashabbusli byudjet” dasturining ikkinchi mavsumida gʻolib boʻlgan 9 ta obyektlarga 11,4 mlrd soʻm mablagʻ beriladi.
Albatta amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar zamirida xalqni rozi qilish va insonlarni yaxshi yashashi uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Ommaviy qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy taʼmiri va ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Jizzax shahrida oʻtkazilgan sayyor qabulda 97 nafar fuqarolardan 121 ta masalalardan iborat murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda Jizzax shahar, tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!