» » Yil boshidan 6,7 millard soʻm aliment pullari undirib berildi

Yil boshidan 6,7 millard soʻm aliment pullari undirib berildi

19 сентябрь 2024 г 65 Комментарии: 0

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi oʻta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi.

Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani oʻz ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari koʻriladi.

Xususan, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar tumani boʻlimi tomonidan 6,7 mlrd. soʻm aliment qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 152 nafar fuqarolar ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilari doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 298 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.

Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan 129 nafar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!