Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimining navbatdagi shaxsiy va ommaviy qabuli Arnasoy tumanida oʻtkazildi
23 сентябрь 2024 г 80 Комментарии: 0
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning Arnasoy tumani hokimligida aholi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Dastlab, viloyat hokimi Ergash Saliyev sayyor qabulda soʻzga chiqib, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy eʼtiborda va nazoratda ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Tumanda oʻtgan 2023 va joriy 2024-yilda koʻplab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, tumanda 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 104 ta obyektlarda 80 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Tumanda joriy yilda 3 ta Dasturlar doirasida 22 ta obyektlarga 29 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Birinchidan, joriy yilga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi (PQ – 404)ga asosan 2 ta obyektlarda 5,5 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajariladi.
Xususan, 3,5 mlrd soʻmga Axad Soipnazarov, Yoʻldosh Zohidov, “Mustaqillik”, “Samarqand” va “Oltin vodiy” fermer xoʻjaliklari uyushmalari hududida 16 km yopiq – yotiq drenaj tarmoqlari quriladi;
– 2 mlrd soʻmga “Arnasoy” suv omborini xavfsiz ekspluatatsiya qilish chora – tadbirlari amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, mahallalarda aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bogʻliq boʻlgan eng dolzarb masalalarni hal etish (PQ – 259) uchun tumandagi 6 ta obyektlarga 9,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Qabulga kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish va ish jarayonini sifatli va tezkor tashkil etish uchun viloyat tashkilotlari va boshqarmalari rahbarlaridan iborat 15 ta ishchi guruh tuzulib, faoliyat olib bordi.
Arnasoy tumanida boʻlib oʻtgan viloyat hokimining sayyor qabulida ichki yoʻllar, oqar suv, ipoteka kreditlari, subsidiya asosida farzandlariga uy-joy olish, moddiy yordam, nogironlik elektron aravacha olish, xonadonga elektr tarmogʻi tortish, farzandini davolashda amaliy yordam, uy-joy qurilishi kabi murojaatlar 60 dan ziyod fuqarolar tomonidan kelib tushdi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida videokonferensiya aloqa orqali shahar va tumanlardan ham fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar qabul qilindi.
Sayyor qabulda koʻtarilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!