Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Olmazor mahallasidagi 3 massiv obod boʻladi
03 октябрь 2024 г 87 Комментарии: 0
Paxtakor tumanida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar muammolarini oʻrganish va hal etish borasida rahbarlar ish olib borishmoqda.
Xususan, viloyat hokimi Ergash Saliyev ham tumanning Olmazor mahallasidagi 3 massivda oʻziga biriktirilgan oilalarga borib, muammolarini tingladi.
Paxtakor tumanidagi Olmazor mahallasi 1980-yilda tashkil etilgan boʻlib, umumiy yer maydoni 148 ga, 1239 xonadonda olti mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. 46 koʻchada 1426 oila yashab kelmoqda.
Mahallaning 3 massivida 232 ta xonadon 682 ta fuqaro 240 oila bugungi kunda umurguzaronlik qilishmoqda.
Viloyat hokimi uchrashuv davomida kam taʼminlangan va asosan bu hududga barak tipidagi uylardan kelgan fuqarolarning muammolarini tingladi.
Shu oʻrinda viloyat hokimi Ergash Saliyev oʻziga biriktirilgan beshta oilani muammolaridan tashqari mazkur hududdagi qolgan aholi murojaatlarini ham tinglab, ularni ham masalalarini hal etish boʻyicha tuman hokimiga topshiriq berib, shaxsan bu ishlarni boshida oʻzi turishini maʼlum qildi.
Xonadonma-xonadon yurish orqali aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar biriktirilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!