Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Oʻzbek tili-xalqimizni birlashtirgan kuchdir
21 октябрь 2024 г 54 Комментарии: 0
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi va 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami kunini keng nishonlash maqsadida bugun Jizzax shahar Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xiyobonida “Oʻzbek tili-xalqimizni birlashtirgan kuchdir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirga Jizzax viloyat hamda shahar hokimligi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi, korxona va muassasa rahbarlari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqanlar tomonidan Davlat tiliga eʼtibor koʻrsatishda muhtaram Prezidentimiz alohida oʻrnak koʻrsatganligi yaʼni, 2020-yil BMT Bosh Assambleyasining onlayn tarzda oʻtkazilgan 75-sessiyasida, 2023-yil boʻlib oʻtgan 78-sessiyasida hamda qator xalqaro darajadagi uchrashuvlarda oʻzbek tilida nutq soʻzlagani ona tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilganligi qolaversa ulugʻ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor”, degan dono oʻgitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati haqida kengroq toʻxtalib oʻtdilar.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!