» » Jizzax viloyatidagi koʻp qavatlik uylar va ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik taʼminoti boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Jizzax viloyatidagi koʻp qavatlik uylar va ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik taʼminoti boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

29 октябрь 2024 г 53 Комментарии: 0

Viloyatda bugungi kunda jami 11 ta qozonxonalar boʻlib, shundan, 6 ta markaziy, 5 ta mahalliy (lokal) qozonxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Mazkur qozonxonalar orqali viloyatdagi 106 ta (4 128 ta xonadon) koʻp kvartirali uylar hamda 11 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmoqda.

11 ta qozonxonalarda 42 ta qozonlar, 26 km issiqlik tarmoqlari mavjud.Viloyatdagi mavjud 2 448 ta koʻp kvartirali uy-joylardan 672 tasi markazlashgan va individual issiqlik taʼminoti bilan taʼminlangan.

Qolgan 1 776 ta koʻp kvartirali uylar har xil turdagi isitish moslamalaridan foydalanib kelinmoqda.

2024/2025 kuz-qish mavsumga tayyorlash borasida 4 ta qozonxonalardagi 2 ta qozonlar va 3 km markazlashgan va mahalliy tarmoqlarni mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun viloyat byudjetidan
1,2 mlrd. soʻm mablagʻlar ajratildi.

Mazkur loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Zomin, Zarbdor, Doʻstlik tumanlari va Jizzax shahridagi  obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!