» » Ayol hayotdan rozi boʻlsa, jamiyatda fayz, oilada xotirjamlik hukm suradi

Ayol hayotdan rozi boʻlsa, jamiyatda fayz, oilada xotirjamlik hukm suradi

08 ноябрь 2024 г 32 Комментарии: 0

O'z mehnatida manfaat, intilish va izlanishlarida ragʻbat va eʼtibor borligiga ishongan xotin-qizlar shijoati juda koʻp ezgu ishlarga qodir.

Keyingi yetti yilda davlat bosh islohotchi sifatida buning uchun zarur huquqiy asoslar yaratib, muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, oxirgi yetti yilda bu borada Hurmatli Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan koʻplab farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jizzax viloyatida ham Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlari asosida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatda boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan, uy-joyga muhtoj boʻlgan 118 ta nafar xotin-qizlarga 14,4 mlrd soʻm mablagʻ hisobiga uy sotib olib berildi, 448 nafariga uy sotib olish uchun 286 mlrd soʻm boshlangʻich toʻlovlari toʻlab berildi.

Bundan tashqari, oxirgi 4 yilda (2021-2024-yillarda) 18,0 mlrd.soʻm davlat byudjetidan mablagʻ ajratilib, 121 nafar boquvchisini yoʻqotgan, voyaga yetgan yetim bolalar toʻliq davlat hisobidan uy bilan taʼminlandi.

Xotin qizlarning jamiyatdagi oʻrnini yanada mustahkamlash va doimiy ijtimoiy himoyasini taʼminlab borish borasida 2021-yildan boshlab yangicha “Ayollar daftari” tizimida ishlar olib borilmoqda.

2021-yilda “Ayollar daftari”ning 1 va 2-bosqichida 47 662 nafar,
2022-yil 3-bosqichida 21 659 nafar, 2023-yil 4-bosqichida 38 004 nafar xotin-qizlar va 2024-yil 5-bosqichida 35 413 nafar jami 4 yil davomida 142 738 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar koʻrsatilib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun barcha manbalar hisobidan 150,9 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi.

Jizzax viloyatida 2024-yilda 35 505 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilib, hozirgi kunda 35 505 nafari (100%)ning muammolar hal etilishiga erishildi.

Bir soʻz bilan aytganda, bu yangi tizim zamiridagi muhim jihat: Yurtimiz xotin-qizlariga baxt ulashish, ularning hech kimdan kam boʻlmay qadr topib, islohotlardan mamnunlik tuygʻusi bilan yashashlariga zamin yaratishdir.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!