» » 2025 yil uchun Jizzax viloyat mahalliy budjeti loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2025 yil uchun Jizzax viloyat mahalliy budjeti loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

15 ноябрь 2024 г 45 Комментарии: 0

Joriy yilning 15 noyabr kuni Jizzax viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi rahbarlari hamda hududiy hokimiliklar, iqtisodiyot va moliya organlari va soliq organlari rahbarlari ishtirokida 2025 yil uchun Jizzax viloyat mahalliy budjeti loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov ochib berib, joriy yilda viloyat mahalliy budjetining kutilayotgan daromadlari ijrosi, budjetga qo‘shimcha manbalar aniqlash, xufyona iqtisodiyotni legallashtirish masalalari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari S.Sadullaev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni loyihasida kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xususan, 2025 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2026–2027 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
Xususan, 2025 yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foizga, bozor xizmatlari 14,5 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
Davlat budjetining o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognoz parametrlari va 2025 yil uchun budjet loyihasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga uyg‘unlikda, ya’ni ularni bajarish vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
O‘rta muddatda soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2025–2027 yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;
o‘rta muddatda asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan saqlab qolish;
budjet daromadlari bazasini kengaytirish, berilgan soliq, bojxona imtiyozlarini samarasi va bergan natijasiga qarab qayta ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich bekor qilish;
soliq va budjet siyosatini bosqichma-bosqich Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg‘unlashtirish;
davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizlik makroiqtisodiy xavfsiz darajadan oshib ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rish, bunda o‘rta muddatda YAIMga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik;
yillik budjetni shakllantirishda “Natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini bosqichma-bosqich to‘laqonli joriy etish;
ish haqi va pensiya miqdorlarini inflyatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish;
budjet ochiqligini ta’minlash hamda budjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish;
Davlat sektorida ichki nazorat va ichki auditni takomillashtirish va kuchaytirish;
Davlat budjeti loyihasini tayyorlash hamda ko‘rib chiqishda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini aks ettirish;
“Yashil budjetlashtirish” tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish;
atrof-muhit va tabiat muhofazasi, iqlim o‘zgarishiga moslashish tadbirlarining, suv sarfini kamaytirish va iqtisod qilib ishlatilishini rag‘batlantiruvchi tadbirlar ustuvorligini ta’minlash;
xalqaro ekspertlar bilan birgalikda budjet xarajatlari tuzilmasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish.
Ushbu maqsad va yo‘nalishlardan kelib chiqib, 2025-yil uchun Davlat budjeti daromadlari 308,5 trln so‘m, xarajatlari esa 344,6 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi departament direktori Z.Qurbonov 2025 yilda soliq siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2025-yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari qoʻshilgan qiymat soligʻi – 12 foiz, foyda soligʻining bazaviy stavkasi – 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi – 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi – 1,5 foiz, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Akmal Binokulov | Rasmiy, [20.11.2024 21:39]
uchun yer soligʻi – 0,95 foiz, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1 kub. metrga – 100 soʻm, ijtimoiy soliq – 12 foiz (byudjet tashkilotlari – 25%), aylanmadan olinadigan soliq – 4 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.
1. Soliq kodeksining 133 va 261-moddalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali tovarlar (xizmatlar) eksportida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish uchun bojxona organlarining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti asos boʻlishi belgilanmoqda.
Amalda tadbirkorlar chegaradagi bojxona organlari muhri qoʻyilgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi talabi mavjud.

2. Soliq kodeksining 243 va 256-moddalarga oʻzgartirishlar kiritish orqali 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
a) qoʻshilgan qiymat zanjiri uzluksizligini taʼminlash maqsadida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha quyidagi soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda:
– yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma;
– yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha aylanma.
b) davlat mulkini, shu jumladan, mulk huquqi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish belgilanmoqda.
3. 2025-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi (10 foiz) bekor qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, Soliq kodeksining 283, 284, 285 va 286-moddalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
4. Jahon savdo tashkilotining respublikada ishlab chiqariladigan va import qilingan tovarlarga aksiz soligʻi stavkasining bir xil boʻlishi lozimligi talabidan kelib chiqib, Soliq kodeksining 289/1 va 289/2-moddalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
1) tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi stavkalari tenglashtirilmoqda. Xususan, filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaretalar), bidi, kretek uchun aksiz soligʻi stavkasining advalor qismi (10%) bekor qilinmoqda hamda 1 000 donasi uchun:
a) 2025-yil 1-yanvardan:
– respublikada ishlab chiqariladigan sigaretalarga 300 ming soʻm;
– import qilinganlarga 330 ming soʻm miqdorida;
b) 2025-yil 1-iyuldan esa respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinganga aksiz soligʻi stavkasini tenglashtirgan holda aksiz soligʻi stavkasini 340 ming soʻm miqdorida belgilash koʻzda tutilmoqda.
Boshqa tamaki mahsulotlariga (chilim uchun tamaki, chekiladigan, oʻrama tamaki, tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik va boshqalar) aksiz soligʻi stavkalari ham oshirilmoqda.
2) 2025-yil 1-yanvardan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan va import qilingan etil spirti uchun aksiz soligʻi stavkasi tenglashtirilib, 1 litri uchun 15 ming soʻm etib belgilanmoqda;
– don distillyatiga nisbatan etil spirtiga belgilangan stavkada aksiz soligʻiga tortish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, texnik etil spirtini ishlab chiqarishda foydalanilgan etil spirtining boshlangʻich fraksiyasiga aksiz soligʻi qoʻllamaslik koʻzda tutilmoqda.
3) aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari uchun aksiz soligʻi stavkalari respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlariga indeksatsiya qilinib, import qilinganga pasaytirilmoqda. Jumladan:a) 2025-yil 1-yanvardan:
– respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasini 10 foizga indeksatsiya qilib, 1 litr uchun 44 ming soʻm;
– import qilingan alkogol mahsulotlari uchun soliq stavkasi pasaytirilib, 1 litr uchun 76 ming soʻm (amalda 101,5 ming soʻm) miqdorida belgilanmoqda;
b) respublikada ishlab chiqariladigan va import qilingan tabiiy vino, boshqa vinolar, shu jumladan, vermut, pivolarga aksiz soligʻi stavkalari ham ishlab chiqarishda oshirish va import qilinganga pasaytirish orqali  bosqichma-bosqich tenglashtirish nazarda tutilmoqda.

Akmal Binokulov | Rasmiy, [20.11.2024 21:39]
5. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi stavkalari oʻzgartirilishi munosabati bilan Soliq kodeksining 289`3-moddasiga quyidagicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda:
a) 2025-yil 1-apreldan boshlab neft mahsulotlariga (benzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, motor moyi), shuningdek, benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda;
b) respublikada qazib olingan tabiiy gazni realizatsiya qilishdagi qoʻllaniladigan aksiz soligʻi stavkasi 20 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan holda import qilingan tabiiy gazni isteʼmolchiga realizatsiya qilishda xuddi shu kabi 12 foizlik aksiz soligʻi stavkasini oʻrnatish nazarda tutilmoqda;
v) 2025-yil 1-apreldan boshlab:
– tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlanmagan salqin choylar, meva sharbatlari, sanoat usulida ishlab chiqarilgan kompotlarning va boshqa gazlanmagan shakarli ichimliklarning 1 litri uchun ham 500 soʻm miqdorida aksiz soligʻi joriy etilmoqda; bunda meva va sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin (tarkibida fruktoza, glyukoza boʻlgan) boʻlgan va qoʻshimcha shakar qoʻshilmagan sharbatlar uchun aksiz soligʻi qoʻllanilmaydi.
– tarkibida shakar mavjud boʻlmagan, shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun aksiz soligʻi stavkasi 500 soʻmdan 300 soʻmgacha pasaytirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, gazlanmagan xuddi shunday ichimliklarga ham 1 litri uchun 300 soʻm miqdorida aksiz soligʻi stavkasi joriy etilmoqda.
6. Soliq kodeksining 337 va 467-moddalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali 2025-yil 1-yanvardan:
a) Jahon savdo tashkiloti talablaridan kelib chiqib, tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlarga foyda soligʻi boʻyicha nol darajali stavka va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasiga kiritilmaslik normalari bekor qilinmoqda;
b) elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlarga foyda soligʻi stavkasi 10 foiz (amalda 7,5 foiz) va aylanmadan olinadigan soliq – 3 foiz (amalda 2 foiz) miqdorida belgilanmoqda.
7. Soliq kodeksining 383, 385 va 408-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali yakka tadbirkorlar uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda hamda faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) belgilanmoqda;
bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari Kengashlariga (amalda tuman (shahar) Kengashlari koeffitsiyent belgilashi mumkin) stavkalarni hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi boʻyicha belgilash vakolati berilmoqda.
b) jami yillik daromadi 100 mln soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari uchun umumiy tartibdagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (12%) yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakka tartibdagi tadbirkor uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan stavkasining 50 foizi miqdorida soliq toʻlash (ixtiyoriy tarzda) huquqi berilmoqda.
v) bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari uchun ijtimoiy soliqning stavkasi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravaridan (2,2 million soʻm) bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha (375 ming soʻm) pasaytirilmoqda.
8. Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida (375 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlovchi shaxslar (oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, dehqon xoʻjaligining aʼzolari, “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari va boshqalar) uchun ushbu soliqni toʻlashning soʻnggi muddati hisobot yilining 1-dekabridan 31-dekabriga oʻtkazilmoqda. Shundan kelib chiqib, Soliq kodeksining 408-moddasiga oʻzgartirish kiritilmoqda.

Akmal Binokulov | Rasmiy, [20.11.2024 21:39]
9. Soliq kodeksining 266, 269, 343, 470 va 4701-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali 2025-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan stavkalari tovar aylanmasi 500 million soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar uchun yiliga 30 million soʻm, 500 million soʻmdan yuqori boʻlganda – 40 million soʻm miqdorida belgilanmoqda. Bunda ushbu soliq rejimining amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvar qilib belgilanmoqda.
10. Soliq kodeksining 266, 269, 343, 470 va 4701-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali 2025-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan stavkalari tovar aylanmasi 500 million soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar uchun yiliga 30 million soʻm, 500 million soʻmdan yuqori boʻlganda – 40 million soʻm miqdorida belgilanmoqda. Bunda ushbu soliq rejimining amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvar qilib belgilanmoqda.
Toshkent shahri uchun – 3,3 million soʻm (amalda 3 million soʻm), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2,2 million soʻm (amalda 2 million soʻm), boshqa joylar uchun – 1,3 million soʻm (amalda 1,2 million soʻm).
Shundan kelib chiqib, Soliq kodeksining 412-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
11. Soliq kodeksining 415-moddasiga oʻzgarishlar kiritish orqali yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 0,6 foiz miqdoridagi pasaytirilgan stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilingan holda 0,65 foiz etib belgilanmoqda. Soliqning pasaytirilgan stavkasi umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar, konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun qoʻllaniladi.
12. Soliq kodeksining 422-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish orqali jismoniy shaxslarning turar joy obyektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilingan holda quyidagicha belgilanmoqda:
a) respublika boʻyicha joylashgan, umumiy maydoni 200 kv metrgacha boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,34 foiz;
b) shaharlarda joylashgan, uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun:
– 200 kv m dan ortiq va 500 kv m gacha boʻlganlar uchun – 0,45 foiz;
– 500 kv m dan ortiq boʻlganlar uchun – 0,6 foiz. 
v) boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv metrdan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dalahovli imoratlari uchun – 0,45 foiz etib belgilanmoqda.
13. Soliq kodeksining 428-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish orqali 2025-yil 1-yanvardan boshlab yangi barpo etilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozni bekor qilgan holda soliq stavkasini 50 foizga kamaytirish tarzida imtiyoz berilmoqda.
Bunda, imtiyozli muddat 5 yil sifatida saqlab qolinadi va vakolatli organ tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli deb topilgan bogʻ, tokzorlarga nisbatan yer soligʻi 3 baravarga oshirilgan holda hisoblanadi.
14. Mahalliy budjetlar daromadlari barqarorligini va budjetning umumiy daromadlarida yer soligʻi ulushini saqlab qolish maqsadida Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga oʻzgartirish kiritish orqali yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari oʻrtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashga moʻljallangan bino va inshootlar joylashgan yerlarga nisbatan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash noqishloq yerlar uchun belgilangan stavkaga 0,2 koeffitsiyent qoʻllagan holda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
15. Suv resurslaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun suv soligʻi yuki oshib ketishining oldini olish hamda ushbu soliq tushumlari toʻliq mahalliy budjet daromadlariga yoʻnaltirilishini inobatga olib, Soliq kodeksining 445-moddasiga quyidagi oʻzgarishlar kiritilmoqda:

Akmal Binokulov | Rasmiy, [20.11.2024 21:39]
– sanoat korxonalari, elektr stansiyalari hamda alkogolsiz va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun oʻrtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda; 
– boshqa tarmoqlardagi korxonalar uchun suv soligʻi stavkalari sanoat korxonalariga belgilangan stavkaga tenglashtirilib, 1 kub metr uchun yer usti – 700 soʻm (amalda 345 soʻm) va yer osti – 850 soʻm (415 soʻm) etib belgilanmoqda;
– suvni tejab ishlatishni ragʻbatlantirish, xususan, suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suvning 1 kub metri (1 000 litr) uchun soliq 15 ming soʻm (1 litr uchun 15 soʻm) etib belgilanmoqda;
– suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda mazkur texnologiyalarning bittasi joriy etilganda esa 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanishi nazarda tutilmoqda;
– suvni tejaydigan texnologiyalar umuman joriy qilinmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanishi koʻzda tutilgan.
– baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanishi belgilanmoqda;
Shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy kengashlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash (qishloq xoʻjaligi, elektr stansiyalari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar bundan mustasno) vakolati berilmoqda.
16. Noruda qurilish materiallarining yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq yuzasidan Soliq kodeksining 452-moddasiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
a) soliqning 5 foizlik advalor stavkasini saqlab qolgan holda 1 kub metr uchun quyidagicha stavkalar oʻrnatilmoqda:
– marmar uchun – 20 000 soʻm;
– granit uchun – 30 000 soʻm; 
– tabiiy bezaktosh uchun – 30 000 soʻm;
b) qum shagʻal aralashmasi (shu jumladan, qurilish qumi va qumtoshlar) uchun 5 foizlik advalor stavkani bekor qilgan holda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi 1 kub metri uchun 5 000 soʻm etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, kon-kimyo xomashyosi hamda qolgan noruda qurilish materiallari guruhdagi foydali qazilmalar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan stavkalar 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Bunda, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh tashqari) qatʼiy belgilangan stavkalarga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolati berilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan asoslangan takliflar berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!